Speako

Kim topshirdi, kim topshirmadi — darsdan oldin bilasiz.

Speako o‘quvchilaringizga mock beradi, o‘zi tekshiradi va natijani sinf jurnaliga yozadi. Hozir 5 ta imtihon: IELTS, Multi-Level, Matematika, Ona tili va adabiyot, Tarix.

Birinchi 7 kun bepul: 15 o‘quvchigacha, karta kerak emas. Keyin 5 o‘rindan.

Bir o‘quvchi uchun 30 kunga 7 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha. Markazim uchun hisoblash

IELTS · Reading

Kechki guruh, bugun 23:59 gacha

Namuna
O‘quvchiHolatBall
Aziza Karimovatopshirdi7.52 urinish, eng yaxshisi
Jasur Toshmatovtopshirdi6.5
Madina Yusupovahali topshirmadi—
Sardor Aliyevtopshirdi7
Nilufar Rahimovatopshirdi6
Bekzod Ergashevhali topshirmadi—
Shahzoda Nazarovakechikib topshirdi5.5

7 tadan 5 tasi topshirdi, o‘rtacha 6.5

Rahbar panelidagi topshiriq jurnali. Ismlar va ballar namuna uchun.

Bitta o‘rin nimani beradi

Bir o‘quvchi uchun, 30 kunga.

Avtomatik tekshiriladigan testlarReading, Listening, Matematika, Tarix
Cheksiz
Speaking, AI tekshiruvi bilanO‘rin boshiga, butun markaz uchun umumiy hisob. To‘liq mock ham bittadan sarflaydi.
12 ta
Writing va esse, AI tekshiruvi bilan
45 ta

AI tekshiruvi har safar xarajat qiladi, shuning uchun sanaladi. Test qismlari sanalmaydi: o‘quvchi xohlagancha ishlaydi.

Rahbar va o‘qituvchi uchun

  • Topshiriq: imtihon, variant, guruh, muddat. O‘quvchiga Telegramda xabar boradi.
  • Har o‘quvchining natijasi: birinchi, eng yaxshi va oxirgi urinish, natija sahifasiga havola bilan.
  • Guruh bo‘yicha o‘rtacha ball va kim kechikayotgani.
  • Topshirmaganlarga bitta tugma bilan eslatma.

Imtihonlar

  • IELTSListening, Reading, Writing, Speaking
  • Multi-LevelListening, Reading, Writing, Speaking
  • Matematikamock imtihon
  • Ona tili va adabiyotmock imtihon
  • Tarixmock imtihon

Ro‘yxat ilovadagi katalogdan olinadi: yangi fan qo‘shilsa, markazingizda ham paydo bo‘ladi.

O‘quvchi nimani ko‘radi

Ilovaning o‘zidan olingan ekranlar.

  • O‘quvchining topshiriqlar ro‘yxati ekrani

    Topshiriqlar: nima berilgan, qachongacha.

  • Imtihon varag‘i ekrani

    Imtihon varag‘i: haqiqiy imtihon formatida.

  • Natija ekrani

    Natija: ball va bo‘limlar bo‘yicha tahlil.

Narx o‘quvchi boshiga

O‘quvchi ko‘paygani sari har bir o‘rin arzonlashadi. Narx butun buyurtmaga qo‘llanadi.

12 000

so‘m, bir o‘quvchi uchun 30 kunga

Jami 360 000 so‘m, 30 kunga

Yana 20 o‘quvchi qo‘shilsa, har bir o‘rin 9 000 so‘mga tushadi.

  • To‘lov Click, Payme yoki Uzum orqali.
  • To‘lov kechiksa, o‘quvchilar yana 7 kun ishlayveradi.
  • O‘qituvchi kirishi bepul: har 25 o‘ringa bitta, kamida bitta. Rahbar kirishi alohida.
  • O‘quvchi ketsa, o‘rni bo‘shaydi va boshqasiga beriladi.

5 daqiqada boshlaysiz

  1. Markaz ochasiz

    Telegram orqali kirasiz va markaz nomini yozasiz.

  2. O‘rin olasiz

    Nechta o‘quvchi bo‘lsa, shuncha o‘rin.

  3. Guruh kodini yuborasiz

    Kodni Telegram guruhingizga tashlaysiz. O‘quvchi uni kiritadi va o‘z guruhiga tushadi.

    K7M2QXGuruh kodi namunasi

  4. Birinchi topshiriqni berasiz

    Imtihon, variant, guruh, muddat. Qolganini jurnal ko‘rsatadi.

Ko‘p so‘raladigan savollar

O‘quvchi qayta topshirsa, qaysi natija hisoblanadi?

Eng yaxshisi. Jurnalda birinchi, eng yaxshi va oxirgi natija ko‘rinadi. Muddatga ulgurgani birinchi tugatilgan urinish bo‘yicha belgilanadi.

To‘lovni kechiktirsak nima bo‘ladi?

7 kun hech narsa o‘zgarmaydi. Shundan keyin o‘quvchilar yangi test boshlay olmaydi, to‘lov qilinganda hammasi davom etadi.

Yakka o‘qituvchi ham ocha oladimi?

Ha. Kamida 5 o‘rin olinadi, markaz nomi o‘rniga o‘z ismingizni yozsangiz bo‘ladi.

O‘quvchiga nima kerak?

Telegram va siz bergan kod. Alohida ro‘yxatdan o‘tish yoki parol yo‘q.

Markazingizni birga ulaymiz

Telegramda yozing: panelni ko‘rsatamiz va savollaringizga javob beramiz. Yoki hoziroq o‘zingiz oching.

© 2026 Speako. IELTS, Multi-Level va Milliy sertifikatga tayyorgarlik
Markazlar uchun | Speako AI